Kartangizga tushgan pulni bot o'zi tasdiqlaydi
Xaridor HUMO yoki UZCARD kartangizga pul o'tkazadi — AvtoTo'lovUz bank xabarini o'qiydi va bir necha soniyada balansni to'ldiradi. Chek so'rash, qo'lda tekshirish, tunda kutish yo'q.
3 kun bepul, keyin oyiga 10 000 so'mdan
Qanday ishlaydi
Kartani ulang
Kartangiz SMS-xabarnomasi keladigan Telegram akkauntni bir marta ulaysiz. Bot faqat @HUMOcardbot va @CardXabarBot xabarlarini o'qiydi.
Botingizga yoki saytingizga qo'shing
Kodingizni yuborasiz — tayyor fayl qaytadi. Python, PHP, Node.js, aiogram, telebot, Telegraf va boshqalar.
Pul tushishi bilan tasdiq
Har bir to'lovga noyob summa beriladi (masalan 50 017). Bank xabari kelishi bilan xaridor balansi to'ldiriladi, sizga xabar keladi.
Ichida nimalar bor
- Pul sizda To'lov to'g'ridan-to'g'ri sizning kartangizga tushadi, biz pulga tegmaymiz.
- Bir vaqtda yuzlab to'lov Har bir xaridorga alohida summa — to'lovlar aralashib ketmaydi.
- Kripto va Telegram Stars CryptoBot orqali USDT/TON, botingizga Stars — bir menyuda.
- Sayt va Mini App uchun To'lov sahifasi saytingizda yoki botingizdagi Mini App ichida ochiladi, to'lagach qaytaradi.
- Xaridor 20 tilda ko'radi Telegram tiliga qarab xabarlar o'zi tarjima bo'ladi.
- Kanal, chek, hisobot Har to'lov kanalingizga, xaridorga chek rasmi, har kuni hisobot.
- Shikoyat tugmasi Pul tushib, lekin topilmasa — xaridor chek yuboradi, siz bitta tugma bilan tasdiqlaysiz.
- Mini App Statistika, kartalar va sozlamalar telefoningizda, Telegram ichida.
Narxlar
Bugun 0 ta to'lov avtomatik tasdiqlandi. Hammasi bo'lib 14 ta, 7 ta faol do'kon.
| 1 oy | 10 000 so'm |
|---|---|
| 3 oy (-10%) | 27 000 so'm |
| 12 oy (-25%) | 90 000 so'm |
Bitta do'kon uchun. Do'konlar soni cheklanmagan.
Ko'p beriladigan savollar
Pul kimning hisobiga tushadi?
Faqat sizning kartangizga. AvtoTo'lovUz pulni yig'maydi va o'tkazmaydi — faqat bank xabarini o'qib, to'lovni tasdiqlaydi.
Telegram akkauntimga kirish xavfsizmi?
Sessiya shifrlangan holda saqlanadi. Bot faqat bank botlari xabarlarini o'qiydi, hech narsa yozmaydi va o'chirmaydi. Istalgan vaqtda Telegram → Qurilmalar orqali uzasiz.
Xaridor boshqa summa o'tkazsa-chi?
Bunday tushum «aniqlanmagan» bo'lib sizga keladi va bitta tugma bilan kerakli to'lovga biriktirasiz.
Dasturchi bo'lmasam ham ulay olamanmi?
Ha. Bot kodingizni yuborasiz, u tayyor faylni va 3 qadamli ko'rsatmani qaytaradi.
3 kun bepul, keyin oyiga 10 000 so'mdan